“Haqiqat jamoli”ni o‘qing
“Mashhur-press” nashriyotidan “Adib va jamiyat” rukni ostida taniqli adib va publitsist Xayriddin Sultonovning “Haqiqat jamoli” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
“Mashhur-press” nashriyotidan “Adib va jamiyat” rukni ostida taniqli adib va publitsist Xayriddin Sultonovning “Haqiqat jamoli” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
To‘plamga adibning qirq yillik ijodiy faoliyati davomida yozilgan maqola, badia va suhbatlari kiritilgan. Kitob badiiy jihatdan uch bo‘limga ajratilgan bo‘lib, ular adabiy maqolalar, publitsistika, azizlar yodi, deb nomlanadi. Kitobga adabiyotshunos olim Shuhrat Rizaev so‘zboshi yozgan.
To‘plamga Abdulla Qahhor, Zulfiya, Said Ahmad, Saida Zunnunova, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Yusuf tavalludi va asarlariga yozilgan so‘zboshi va xotiralar ham kiritilgan.
“Boburning tushlari”, “Boburiynoma”, “Saodat sohili”, “Bir oqshom etagi”, “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Qog‘oz gullar”, “Ko‘ngil ozodadur” nomli kitoblari va asarlari bilan o‘quvchilarga tanish bo‘lgan ijodkorning ushbu to‘plami ham adabiyot ixlosmandlarining qalbidan joy egallaydi, deb umid qilamiz.