Hamyurtimiz – xalqaro turnir g‘olibi
Andijon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlandi. Unda o‘ndan ziyod davlatdan kelgan yuz nafarga yaqin raketka ustasi kuch sinashdi.
Andijon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlandi. Unda o‘ndan ziyod davlatdan kelgan yuz nafarga yaqin raketka ustasi kuch sinashdi.Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova yaponiyalik Xiroko Kuvata bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ushbu juftlik musobaqaning yarim finalida serbiyalik Tamara Kurovich va rossiyalik Olga Puchkovaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setning dastlabki geymini boy bergan Tamara va Olga mag‘lubiyatini tan oldi. Shundan so‘ng N.Abduraimova va X.Kuvata finalda rossiyalik tennischilar Veronika Kudermetova va Kseniya Likina bilan kuch sinashib, 4:6, 7:6, 11:9 hisobida g‘alaba qozondi va xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.