Polshaning Shetsin shahrida o‘q otish bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi bahslarida hamyurtimiz Server Ibragimov jahon rekordini yangiladi.

Jahon kubogi bahslarida qirqqa yaqin davlatdan uch yuz nafardan ziyod sportchi sovrinli o‘rinlar va 2016-yili Braziliyada o‘tkaziladigan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yo‘llanmasini beruvchi muhim reyting ochkolari uchun bahslashdi.

Musobaqaning o‘n metr masofadan to‘pponchada o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Server Ibragimov saralash bosqichida 578 ochko jamg‘arib, finalga chiqdi. Tajribali sportchimiz hal qiluvchi bahsda 198,9 ochko jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning natijasi jahonning yangi rekordi sifatida qayd etildi.

Sportchimiz jahon kubogida ko‘rsatgan natijasi bilan dunyo reytingida birinchi o‘rin egalladi va 2016-yili Braziliyada o‘tkaziladigan Paralimpiya o‘yinlarining yo‘llanmasini ham naqd qilib qo‘ydi.

– Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan sportchilarimiz 19 nafarga yetdi, – deydi O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bosh kotibi Omon G‘afurov. – Paralimpiyachilarimizni oldinda yana ko‘plab xalqaro musobaqalar kutmoqda. Umid qilamizki, sportchilarimiz bu musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yo‘llanmalarimiz sonini yanada ko‘paytiradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamyurtimiz jahon rekordini yangiladi