Hamyurtimiz Al-Aynda bronza medaliga ega bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz Server Ibragimov bronza medalini qo‘lga kiritib, 2024 yili Parijda o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkolariga ega chiqdi.
Dunyoning eng kuchli matonatli merganlari qatnashayotgan chempionatda erkaklar o‘rtasida 10 metr masofaga pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Server Ibragimov 213.3 ochko jamg‘ardi va bronza medali sohibiga aylandi.

Ushbu yo‘nalishda birinchi va ikkinchi o‘rinlar Janubiy Koreya hamda Polsha vakillariga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 3 noyabrda boshlangan bo‘lib, o‘nda mamlakatimizning 3 nafar irodali sportchilari o‘z yo‘nalishlaridagi bahslarda ishtirok etmoqda.
Musobaqalar 15 noyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA