Hamroyev Ramzjon Komiljon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ikki yarusli diskli plug yuqori yarus korpuslarining parametrlarini asoslash” mavzusida
Hamroyev Ramzjon Komiljon o‘g‘lining 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida “Ikki yarusli diskli plug yuqori yarus korpuslarining parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 22noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, 1-bino, 239-xona.
Tel: (+99875) 221-09-23, faks: (+99875) 224-13-95.
e-mail: qmii@qmii.uz