Hammasi oydinlashmoqda. Zidan Ronalduning ketishini bilgan
Madridliklar “Ayaks”ga magʻlub boʻlganidan soʻng jamoa ichidagi muhit tobora keskinlashib ketdi
Madridliklar “Ayaks”ga magʻlub boʻlganidan soʻng jamoa ichidagi muhit tobora keskinlashib ketdi. Xususan, Ramosning klub prezidenti Florentino Peres bilan “aytishgani” ham buning yorqin namunasi.
Gollandiyaning sobiq futbolchi Ruud Gullit Zidanning “Real”dan ketishi bilan bogʻliq vaziyatni tushuntirib berdi.
“Bilasizmi, Zidan Madriddan ertaroq ketishi ham mumkin edi. U Ronaldu bilan klubning munosabatlari yomonlashgach, ortiq u yerda qolib boʻlmasligini anglab yetdi. Bu hayratlanarli hodisa emasdi. Bilganim shuki, endi u “Real”ga qaytmaydi. Hammasi – shu.
Agar klubda Ronaldu boʻlmasa, Zidan ham Lopetegi va Solarining kuniga tushib qolardi. Keyinchalik unda isteʼfoga chiqishdan boshqa yoʻl qolmasdi. Sizda Ronaldu yoʻq – shunday qilib, bir mavsumda 50 va undan ortiq gol yoʻq”
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Zayniddin Zidan “Real Madrid”ni Krishtianu Ronaldusiz tasavvur qila olmasligini aytib oʻtgan edi.