Hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
Kelishuv doirasida xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida milliy raqslar targʻiboti oʻtkazilib, toʻgaraklar tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi oʻrtasida milliy raqslarni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kelishuv doirasida xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida milliy raqslar targʻiboti oʻtkazilib, toʻgaraklar tashkil etiladi.
Maʼlumki, akademiyada milliy raqslar boʻyicha taʼlim beruvchi xoreograf-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari faoliyat yuritadi. Shuningdek, akademiyada milliy raqslarga qiziqishi boʻlgan iqtidorli oʻquvchilarni saralash boʻyicha maxsus guruhlar tashkil etilgan.
Tomonlar oʻquvchi-yoshlarning xoreografiya va milliy raqslarga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi. Shu bilan birga, boshqa qoʻshma tadbirlarni oʻtkazib, oʻzaro munosabatlar va hamkorlikni rivojlantiradi.