Hamkorlik tajriba almaşuvdan boşlanadi
Farğona va Sirdaryo viloyatlarini nafaqat hududiy, balki tarixiy va maʼnaviy yaqinlik ham boğlab turadi. Bir vaqtlar Farğonadan köplab oilalar çöl hududlarini özlaştiriş maqsadida Sirdaryoga köçib borib, şu yerda muqim yaşab qolgan. Bugun ham ikki viloyat ahli bir-birining yutuqlaridan quvonadi, ilğor tajribalarni özaro örtoqlaşadi. Bunday hamkorlik, ayniqsa, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni kunlarda Sirdaryo viloyati tuman va şaharlaridagi Oila va xotin-qizlar bölimlari rahbarlari hamda bir guruh tadbirkorlar Farğona viloyatida bölib, hududda amalga oşirilayotgan ilğor tajribalar, xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan loyihalar bilan tanişmoqda.
Uçraşuv doirasida mehmonlar Farğona şahridagi “Maşʼal” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Tohirjon Abdusamadovning innovatsion loyihasi bilan tanişdilar.
Tadbirkor 2020-yilda “startap” loyihasi asosida köp qavatli turar joy binolarining yertölasida 80 turdagi şifobaxş kökatlar yetiştiriş faoliyatini yölga qöygan. Loyiha natijasida 50 ta yangi iş örni yaratilgan. Ayni paytda tadbirkor viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik şartnomalarini tuzgan holda, yetiştirilayotgan mahsulotlar böyiça ilmiy izlanişlar olib bormoqda.
Muhammadjon Obidov, ÖzA