Hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Turkiya Respublikasining Samarqanddagi konsuli Salix Janer bilan uchrashdi.
Tomonlar Navoiy viloyati va Turkiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi mamlakatimizda, shu jumladan, Navoiy viloyatida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish borasida elchixona va konsullik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, Turkiya Respublikasi bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishda elchixonaning amaliy ko‘magi muhim bo‘lishini ta’kidladi.
[gallery-13997]
Tomonlar Navoiy viloyatida investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga to‘xtalib, Turkiya investitsiyalarini jalb qilish masalalarini muhokama qildi.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari.