Poytaxtimizda 3-mart kuni O‘zbekiston va Hindiston farmatsevtika sanoati vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda ikki mamlakatning farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya va konsernlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi N.Dadaxonova, Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Kumar va boshqalar O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi keng ko‘lamli munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar kabi qator yo‘nalishlarda, jumladan, farmatsevtika sohasida izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yil may oyida Hindistonga davlat tashrifi hamda Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining 2015-yil iyul oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada faollashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekistonda Hindiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan saksondan ziyod korxona, mazkur mamlakatning yigirmadan ortiq firma va kompaniyasi vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Farmatsevtika sanoati O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridandir. Ayni paytda mamlakatimizda ushbu sohaga ixtisoslashgan «Novafarm», «Bravo Farm», «Ultra Xels Kear» va «Gufik Avitsenna» qo‘shma korxonalari muvaffaqiyatli ish yuritmoqda.

Biznes-forumda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi. Mehmonlarga mamlakatimiz farmatsevtika korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, import o‘rnini bosadigan dori vositalari turlarini yanada kengaytirish va bu boradagi eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston farmatsevtika korxonalarining yetakchi sanoat birlashmasi – “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konserni dori vositalari va biopreparatlar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va aholining dori-darmonga bo‘lgan talabini qondirishda muhim o‘rin tutmoqda. Konsern o‘z faoliyati mobaynida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, yig‘ish, tayyorlash, qadoqlash, dori vositalarini ishlab chiqarish hamda yetkazib berish bo‘yicha samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizdagi yuzdan ziyod farmatsevtika korxonasida 1700 dan ortiq dori vositasi ishlab chiqarilmoqda. Bu ichki bozorning uchdan bir qismini dori vositalari bilan ta’minlash imkonini bermoqda. O‘ttizga yaqin korxonada xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy etilgan. Mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari yangi preparatlar yaratish ustida ishlamoqda. Bu ishlab chiqaruvchilarni ko‘paytirish va mahalliy preparatlar tayyorlashni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar, bu yo‘nalishda chet ellik sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi. Sohaga investitsiyalar jalb etilayotgani samarasida dori-darmon va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish muttasil kengayib borayotir. Bugungi kunda O‘zbekiston farmatsevtika sanoati vakillari Hindiston, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Polsha, Bolgariya, Chexiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarning yirik ishlab chiqaruvchilari bilan tajriba almashib, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Hindistonlik ishbilarmonlar O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarni yuksak baholadi.

– O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega mamlakat, – dedi Hindistonning “Ravenbhel Healthcare” kompaniyasi biznesni rivojlantirish direktori Saxil Maxajan. – Kompaniyamiz dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O‘zbekiston bozori biz uchun g‘oyat istiqbolli. Mamlakatingiz farmatsevtika sanoati imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatidamiz.

Anjumanda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli tahlil qilinib, uni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Tarmoqda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, hamkorlikda tayyorlanayotgan dori-darmonlar turlarini kengaytirish, bu borada tajriba almashuvini faollashtirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali ikki mamlakat biznes vakillarining amaliy hamkorligini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Shu kuni O‘zbekiston va Hindistonning farmatsevtika kompaniyalari va korxonalari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlandi