– Zohiddin aka sizni tabriklayman, “Shuhrat” medali olibsiz.

 Siz bunga arziysiz, biz siz bilan faxrlanamiz, mukofotlar muborak bo‘lsin, – telefon go‘shagidan taralayotgan bu jo‘shqin ovoz egasi “Muruntog‘” koni “G‘arbiy” konchilik uchastkasi boshlig‘i Ibodulla Boymurodov edi.

– To‘g‘risini aytsam, muhtaram Prezidentimiz farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganim men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Men uchun bu kun qo‘shaloq bayram sifatida bir umr xotiramga muhrlandi. Aynan o‘sha kuni men nabiralik bo‘ldim. O‘sha kungi holatimni so‘z bilan tasvirlab berolmayman. Bu holat butun oilamizga bayramona kayfiyat baxsh etdi. Quvonchimga ko‘plab yaqinlarim sherik bo‘ldi. Mazkur davlat mukofoti faxr-iftixor, shijoat bilan birga yelkamga katta mas’uliyat yukladi, – deydi “Muruntog‘” koni “G‘arbiy” konchilik uchastkasi ekskavator mashinisti Zohiddin Bobayev.

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy – iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra mukofotlanganlar orasida hamkasbimiz Z.Bobayevning borligi barchani birdek quvontirdi. Bugun  biz kombinatning mehnat jabhasida fidokorona faoliyat olib borayotgan zamonamiz qahramonlaridan birining hayot falsafasi, o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati borasida fikr yuritamiz, mushohada qilamiz.

1971 yil Xatirchi tumanida oddiy ishchi oilasida tavallud topgan Zohiddin aka o‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatga chaqiriladi. 1991 yilda  yigitlik burchini o‘tab qaytgan qahramonimizning hayot yo‘llari olis Qizilqum sahrosi bag‘rida joylashgan Zarafshon shahridan qo‘nim topdi.

–O‘sha paytlar ishga joylashish judayam  qiyin edi, kimga qanaqa, ammo men ilk suhbatdanoq ijobiy natija bilan o‘tdim, – deya faxr bilan xotirlaydi Z.Bobayev. –Ishga kirgach oldimda katta hayot, uzoq va mashaqqatli yo‘l turganini his qilardim. Hayotga bo‘lgan qarashlarim, maqsadlarim jiddiylashdi.

U ilk mehnat faoliyatini “Muruntog‘” koni kon jihozlarini ta’mirlash sexida duradgor sifatida boshladi. Yosh, g‘ayratga to‘la mutaxassis uchun bu kasbni o‘zlashtirib olish qiyin bo‘lmadi. U har bir topshiriqni o‘z vaqtida a’lo darajada bajarishga harakat qilardi. Ustozlarining tajribasidan unumli foydalanib, amaliy ko‘nikmalarini boyitdi. Keyinchalik ekskavator mashinisti yordamchisi sifatida faoliyatini davom ettirgan qahramonimiz mana 2000 yildan buyon “G‘arbiy” konchilik uchastkasi ekskavator mashinisti bo‘lib ishlab kelmoqda. U o‘z kasbining sir-asrorlarini puxta egalladi.  2014 yilda “Muruntog‘” koni uchun xorijdan  keltirilgan “EKG 20 K” rusumli ekskavatorni ta’mirlash ishlarini birinchilar qatorida o‘zlashtirib oldi. U mashinistlar brigadasi bilan birgalikda bitta yangi ekskavatorni ehtiyot qismlardan o‘ta qisqa muddat, ya’ni, 30 kunda “Muruntog‘” konining ichida yig‘ib, ishga tushirishda bevosita ishtirok etgan yuqori malakali mutaxassislardan biridir. Zohiddin aka o‘ziga biriktirilgan, bir smenada minglab tonna ma’danni yuklash quvvatiga ega bo‘lgan ulkan ekskavatorni asrab-avaylab ishlatishi, uning texnik xususiyatlarini mukammal bilishi va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatib borishi natijasida mazkur texnika ikki yil davomida ta’mirsiz yuqori samara bilan ishlashiga erishdi.

– Zohiddin aka bilan qariyb 8 yildan buyon birga ishlab kelamiz, – deydi “Muruntog‘” koni “G‘arbiy” konchilik uchastkasi boshlig‘i Ibodulla Boymurodov. – Jamoada faol, brigada a’zolariga nisbatan o‘ta talabchan, qat’iy mehnat intizomi asosida ishlaydi. U o‘zining ijobiy fazilatlari, samimiyligi va mas’uliyatliligi bilan boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Katta tajribasi va yuqori tashkilotchilik qobiliyati tufayli 2014 yilda mashinistlar brigadasiga boshliq etib tayinlandi. Uning rahbarligi ostida faol mehnat qilayotgan sakkiz kishidan iborat mashinistlar brigadasi korxonadagi eng ilg‘or brigadalardan biri bo‘lib, ular korxona tomonidan belgilangan oylik, choraklik, yarim yillik hamda yillik ishlab chiqarish rejalariga mas’uliyat bilan yondashgan holda barcha topshiriqlarni sifatli va muntazam ravishda bajarib kelmoqda. Uning boshqaruvi ostidagi ekskavator mashinistlari brigadasi ish jarayonida yuzaga kelgan ekskavatorning texnik nosozliklarni ta’mirlash sexi mutaxassislarining ko‘magisiz, o‘z bilim va tajribalariga tayangan holda mustaqil bartaraf etishadi.

Zohiddin Bobayev bugungi kunda yirik “Muruntog‘” konida foydalanilayotgan 37 ta zamonaviy ulkan elektr ekskavatorlar, 5 ta gidravlik ekskavatorlari va 27 ta burg‘ulash uskunalarini ta’mirlash, payvandlash, mexanizmlarini eritish, yo‘nish va zaxira tayyorlash borasida mukammal ishlarni bajarib, ishlarning bir maromda borishini ta’minlashda munosib hissa qo‘shayotir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kon rahbariyati tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan uch yil davomida “Muruntog‘” konidan kon qazilmasini 2-gidrometallurgiya zavodiga yetkazib berish uchun og‘ir yuk tashuvchi avtosamosval hamda teplovoz vagonlariga ma’danni yuklash yillik davlat rejasi bajarilishida uning hissasi juda katta.

Ayni paytda u o‘z tajribasini yosh mutaxassislarga o‘rgatmoqda.  33 yillik mehnat faoliyati davomida 40 dan ortiq shogird tarbiyaladi. Kasbiga bor mehrini baxshida etgan Zohiddin aka bir aqidaga doim amal qiladi: Halollik va fidoyilik – hayotiy mezon. Shogirdlari Alisher Tursunov, Erkin Ro‘ziyevlar ham hozirda mas’ul vazifalarda ishlab, ushbu aqidaga amal qilgan holda ustozidan olgan saboqlarini amaliyotda qo‘llamoqda.

Darhaqiqat, hech bir ish javobsiz qolmagani kabi mashaqqatli mehnat ham mukofotsiz bo‘lmaydi. Zohiddin Mardonovich ko‘p yillik fidokorona mehnati ortidan bir necha marotaba Navoiy viloyati va Zarafshon shahar hokimliklarining faxriy yorliqlari bilan ham taqdirlangan.  

Hozirda Zohiddin aka turmush o‘rtog‘i Shohista opa bilan birgalikda to‘rt nafar qizni munosib tarbiyalab voyaga yetkazdi, elga qo‘shdi. Ikki nafar shirindan-shakar  nabiralari bugun ularning hayotdan topgan bebaho ne’matlaridir. Obro‘-etiborli insonlar bilan quda-anda, mahallada ham eng namunali oilalar safida.

– Farzandlarimga doim qiyinchiliklarni sabr bilan yengishni, faqat halol mehnat ortidan inson baxtga erishishi mumkinligini uqtirganman.  Halolning boshi qilday bo‘lsa ham tomiri tog‘day bo‘ladi, degan hikmatni shior qilib kam bo‘lmadik.

Qat’iy ish tartibi, tajriba va o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbat va fidoyilik –qahramonimizda ana shu fazilatlarning bari mujassam. Suhbat chog‘ida Zohiddin Bobayevning bosib o‘tayotgan hayot  yo‘llari aynan shu xislatlar bilan birga halollik va to‘g‘riso‘zlik asosida bunyod bo‘lganiga amin bo‘ldik.  

Dildora KARIMOVA,

MKB Axborot xizmati muharriri

Dilshod BOBOMURODOV olgan suratlar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Halollik va fidoyilik – hayot mezoni