Ma’lumki, 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida Bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlanishi belgilangan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, korxona va bozor peshtaxtalarini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanishini nazorat qilib borilishi esa davr talabi. Axir bozor peshtaxtalari yoki do‘konlarda sotilayotgan mahsulotlar kafolati sog‘lig‘imiz garovi hisoblanadi. 
Bu boradagi ishlar ko‘lamini oshirish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini 
himoya qilish qo‘mitasi tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilib, tahlillar olib borilmoqda. 

Qo‘mita tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. 

Dastlab rais o‘rinbosari Asadulla Qayumov Qo‘mita tomonidan o‘tgan yilda olib borilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. 

— 2023-yilda tovar va xizmatlar bozorlari sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan, Qo‘mita markaziy apparati tomonidan 182 ta tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilindi. Shundan, 32 ta bozorlar mahsulot bilan to‘yinganligi bo‘yicha 150 ta ekspress tahlillar o‘tkazildi. 11 tasi bo‘yicha ustun mavqei e’tirof etildi 9 tasi ustun mavqeini yo‘qotganligi tahlil qilindi. 12 ta bozorlarda raqobat yetarlicha rivojlanganligi ma’lum bo‘ldi,—dedi A.Qayumov. 

Ta’kidlanganidek, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan project.gov.uz portali orqali Qo‘mitaga kelib tushgan 614 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan xulosalar tayyorlandi. Shundan 285 ta (46 %) holatda qonunchilik talablariga zid normalar mavjud ekanligi aniqlandi. 

Birja savdolari orqali jami 83,0 trln so‘mlik 52 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar realizatsiya qilingan bo‘lib, bunda mazkur aylanmaning 25 foizi 14 ta turdagi neft va yoqilg‘i mahsulotlari hissasiga va qolgan 75 foizi 38 ta yuqori likvidli va monopol mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, 76 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 67 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va tegishli choralar ko‘rildi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan iqtisodiy tarmoq sohalaridagi ayrim korxonalarning faoliyatida 539 ta o‘rganishlar o‘tkazilib, shundan, 344 ta holatda iste’molchilardan jami 55,7 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromadlar olinganligi aniqlandi.

Shuningdek, insofsiz raqobat holatlari bo‘yicha kelib tushgan jami 234 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Murojaatlar o‘rganilishi natijasida 62 ta ish qo‘zg‘atilib, ularning 47 tasida qonunbuzilishi holati aniqlangan va ularni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan. 

Anjuman davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar xususida ham ma’lumotlar berildi. 

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Halol raqobatning rivojlanishi iste’molchiga foyda keltiradi