«Boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida o‘quvchilarning ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusida
Hakimova Nargiza Suphanovaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha Boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida o‘quvchilarning ijtimoiy va huquqiy kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 24 fevral kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200117, Buxoro shahri, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy, Buxoro davlat universiteti, 2-qavat, 201-xona.
Tel.: (0 365) 221-29-14; faks: (0 365) 221-57-27;
e-mail: buxdu_rektor@buxdu.uz