Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida hakamlik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish jarayonida undagi ayrim normalar yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator takliflar berilgan edi. Ushbu takliflar mas’ul qo‘mita va ishchi guruh a’zolari tomonidan chuqur tahlil qilinib, ular asosida loyiha matni takomiliga yetkazildi. Xususan, doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudining tarkibida 5 nafar hakamlik sudi bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi talab kelgusida hakamlik sudini tashkil etishda muammolar keltirib chiqarishi, ayniqsa, uzoq hududlardagi hakamlik sudlariga 5 nafar hakam to‘plashda qiyinchilik tug‘ilishi mumkinligi hisobga olinib, qo‘mita tomonidan sudyalar soni 5 nafardan 3 nafarga qisqartirildi. Ular har uch yilda malaka oshirishi lozimligi belgilanmoqda.  

Qonun loyihasida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Hakamlik sudlari tomonidan yer bilan bog‘liq, bino va inshootlarga egalik huquqini belgilash hamda byudjetdan pul undirish bilan bog‘liq nizolar hal etilmasligi nazarda tutilyapti.  

Shu bilan birga, endilikda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilishi va uning huzurida faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilmoqda.

Muhokamalarda qonun loyihasidagi normalar hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslarini mustahkamlash, malakali hakamlik sudyalari korpusining shakllanishiga xizmat qilishi qayd etilib, loyiha uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hakamlik sudi sudyalari soni 3 nafar etib belgilanadi