Assalomu alaykum. O‘zA virtual muxbiri sizlarni o‘tgan haftada sodir bo‘lgan muhim voqea va hodisalar tafsilotlari bilan tanishtiradi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yigirmanchi dekabr kuni faol tadbirkorlar bilan uchrashdi. Murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, bu yil O‘zbekiston iqtisodiyoti oltiyu o‘ndan uch foizga oshib, bir yuz o‘n bir milliard dollardan ko‘paydi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasiga o‘ttiz sakkiz milliard dollar investitsiya kirdi, eksport yigirma olti milliard dollardan oshdi.

Shavkat Mirziyoyev bu natijalarda, aholini ish bilan ta’minlash va kambag‘alchilikni qisqartirishda tadbirkorlarning o‘rni katta ekanini ta’kidlab, ularga minnatdorlik bildirdi.

Bu sur’atni davom ettirib, kelgusi yilda yalpi ichki mahsulotni bir yuz yigirma milliard dollarga va eksportni o‘ttiz milliardga yetkazish, qirq ikki milliarddan ziyod investitsiya jalb etish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlikka oid qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti va zamon talablariga moslashtirish maqsadida yangilangan Bojxona kodeksi loyihasi ishlab chiqilishi belgilandi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘n yettinchi dekabr kuni telefon orqali Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni milliy bayram - Qatar davlatiga asos solingan kun bilan tabrikladi va do‘st Qatar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari ikki ming yigirma beshinchi yilda bo‘lajak tadbirlar rejasiga, shu jumladan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratdi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘n to‘qqizinchi dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

***

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning Magdeburg shahrida yuz bergan fojia oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ta’ziya yo‘lladi.

Ma’lumot uchun, yigirmanchi dekabr kuni Magdeburg shahridagi Rojdestvo bozorida ellik yoshli asli saudiyalik erkak BMW avtomobilida odamlar orasiga bostirib borgan va buning oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lib, ikki yuzdan dan ortiq odam jarohatlangan.

***

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jizzax viloyatiga ikki ming o‘n yettinchi yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Ergash Soliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod etildi.

***

Bugunga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz shulardan iborat. O‘zbekiston Milliy axborot agentliginikuzatishda davom eting.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hafta dayjesti (16.12-22.12.2024)