Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hadislar bilimdoni” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2024 yil 15 avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlovda yurtimizdagi o‘nta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining ilmu tolib va tolibalari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Ko‘rik-tanlov Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori Kamol Islomov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyati bosh imom xatibi Aliakbar Sayfutdinovlar mamlakatimizda muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz va ularning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganib, xalqimiz hamda jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Joriy yilda mamlakatimizda buyuk alloma Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanayotgani va shu munosabat bilan Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlab tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritdi. Ko‘rik-tanlov qatnashchilariga omad tiladi.

Ochiq, oshkora o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar to‘rtta shart bo‘yicha bellashib, dastlab buyuk muhaddislarning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi savolga javob berdi. Keyingi shartlar hadis kitoblari va hadis istilohlariga oid savollarning javobini aytish bilan davom etdi. Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” asaridan keltirilgan hadiclarni yoddan aytishdi. 

O‘z davrida muqaddas islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti, ijodi va ilmiy faoliyati, dunyo xalqlarining bebaho mulkiga aylangan nodir asarlarining mazmun-mohiyati, qadr-qimmati o‘z ifodasini topgan tanlov ishtirokchilari bilimini nufuzli hakamlar hay’ati xolisona baholab bordi.

Tanlov yakunida “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Munira Islomova faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tolibi Xabib Yarashevga, uchinchi o‘rin “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tolibi Muhammadsodiq Toirjonovga nasib etdi. 

G‘oliblar diplom va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hadis ilmi bilimdonlari Termizda bellashdi