UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirusdan davolanayotgan chogʻida vafot etdi.

UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirusdan davolanayotgan chogʻida vafot etdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov RIA Novostiga maʼlum qilgan.

“U oʻzidan yaxshi nom qoldirib va munosib avlodni voyaga yetkazib bizni tark etdi. Yaratganning irodasi shu ekan”, – deb yozdi Ramzan Qodirov Telegramda.

Abdulmanap Nurmagomedov may oyi boshida koronavirusga chalingan va Moskva kasalxonalaridan birida davolanayotgan edi. Habib Nurmagomedovning maʼlum qilishicha, otasi xastalikni yengishga muvaffaq boʻlgan, biroq buyrak va yuragida muammo paydo boʻlgan.

Sharhlovchi va Nurmagomedovlar xonadonining doʻsti Ramazan Rabadanovning championat.com saytida yozishicha, Abdulmanap Nurmagomedov ikki marta – yuragi va miyasida insultni oʻtkazgan.

Otasining oʻlimidan keyin Habib Nurmagomedov 4-iyul kuni boʻlishi kutilayotgan onlayn-konferensiyasini bekor qildi, deyiladi xabarda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Habib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan vafot etdi
Хориж хабарлари
19:33 / 03:07:2020