Habib Nurmagomedov Ronalduning terma jamoadan ketişiga munosabat bildirdi
Rossiyalik sobiq jangçi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida portugaliyalik futbolçining sport olamidagi örni va erişgan yutuqlariga yuqori baho berdi.
UFCning yengil vazn toifasidagi sobiq çempioni Habib Nurmagomedov Kriştianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşiga munosabat bildirdi.
Rossiyalik sobiq jangçi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida portugaliyalik futbolçining sport olamidagi örni va erişgan yutuqlariga yuqori baho berdi.
"Bor kuçingni berganingdan keyin keraksiz bölib qolasan. Yaxşilar bor, ammo eng yaxşilarning eng yaxşilari ham mavjud. Ronaldu ana şunday insonlardan biri", deb yozdi Nurmagomedov.
Uning ta’kidlaşiça, Ronaldu kabi buyuk sportçilarning fikrlaş tarzi va muvaffaqiyatga bölgan intilişini hamma ham tuşunavermaydi.
"Uning futbolga qöşgan hissasini söz bilan ifodalaş qiyin. Şuningdek, u borini bağişlagan jamoalar unga qanday munosabatda bölganini ham ta’riflaş oson emas", deya qöşimça qildi sobiq UFC çempioni.