Gvineyada isyonchilar milliy birlik hukumatini tuzadi
Kuni kecha Gvineyada davlat to‘ntarishini amalga oshirgan isyonchilar respublikani boshqarish mexanizmini oshkor qildi.
"O‘tish davrining asosiy yo‘nalishini aniqlab olish uchun umumiy maslahatlashuv ochiq bo‘ladi. So‘ngra o‘tish davri davomida milliy birlik hukumatini shakllantiramiz", — dedi isyonchilar rahbari polkovnik Mamadi Dumbuya.
Kalenews internet-nashrining yozishicha, ayni paytda yuqori lavozimli amaldorlarga xizmat mashinalarini hamda guvohnomalarini topshirish talabi qo‘yilgan.
Shuningdek, isyonchilar vazirlarning mamlakatni tark etishini ham ta’qiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Guinee7 internet-portali.
"Xunta rahbari polkovnik Mamadi Dumbuya o‘zining qisqa nutqida, vazirlarning mamlakatni tark etishi ta’qiqlanganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.