Guterriş: iqlim inqiroziga qarşi kuraşda amaliy harakatlar zarur
Turkiyaning Antaliya şahrida davom etayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi (COP31)da qazilma yonilğilarga qaramlikni kamaytiriş, energetika xavfsizligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
“Reuters” axborot agentligi xabar berişiça, BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş neft kompaniyalarini global energetika inqirozi şaroitida katta daromad olayotgani uçun tanqid qildi.
Uning taʼkidlaşiça, energiya narxlarining oşişi aholi, biznes va davlat byudjetlariga oğir yuk bölayotgan bir paytda, töqqizta yirik neft kompaniyasi uç oy içida 95 milliard dollardan ortiq daromad olgan.
Guterriş qazilma yonilğilarga qaramlik nafaqat iqlim özgarişini kuçaytirişi, balki iqtisodiy barqarorlik va energetika xavfsizligiga ham tahdid solişini taʼkidladi. Uning fikriça, Yaqin Şarqdagi keskinlik bu xavflarni yana bir bor namoyon etdi.
Şu bilan birga, COP31ga mezbonlik qilayotgan Turkiya 2035-yilga borib jahon energiya isteʼmolida elektr energiyasi uluşini hozirgi taxminan 20 foizdan 35 foizga yetkaziş taşabbusini ilgari surmoqda.
COP31 prezidenti Murat Kurum mazkur maqsad iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş, zararli çiqindilarni kamaytiriş va uzoq muddatli energetika xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qilişini bildirdi.
Biroq ekologik taşkilotlar taşabbusda elektr energiyasini aynan qayta tiklanadigan yoki kam uglerodli manbalardan işlab çiqariş talabi belgilanmaganini tanqid qilmoqda. Ularning fikriça, elektrlaştirişning özi qazilma yonilğilardan foydalanişni qisqartirişni kafolatlamaydi.
Anjumanda iştirok etgan AQŞning sobiq davlat kotibi Jon Kerri ham iqlim böyiça yangi vaʼdalardan köra, aniq amaliy rejalar zarurligini taʼkidladi.
Ayni paytda Turkiya va Avstraliya elektr energiyasi işlab çiqarişda kömirdan sezilarli darajada foydalanmoqda. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan esa mamlakatning Gabar konlarida neft qazib oliş hajmini 2027-yilning ikkinçi yarmida kuniga 100 ming barreldan oşiriş rejasini maʼlum qildi.
Ekspertlar fikriça, COP31 doirasidagi asosiy vazifalardan biri energetika xavfsizligini taʼminlaş bilan birga, qazilma yonilğilarga qaramlikni kamaytiriş böyiça aniq va amaliy kelişuvlarga erişişdan iborat.
A.Mamatov, ÖzA