Gurlanlik kitobxon yoshlar – g‘olib
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Zukko kitobxon” tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yosh avlod o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovi muntazam o‘tkazib kelinyapti.
Tanlovda bu gal shahar-tumanlardan 13 jamoa ishtirok etdi. Kitobxonlik va mutolaa madaniyati borasida peshqadamlik qilgan Gurlan tumani jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarga Hazorasp va Shovot tumani jamoalari munosib topildi.
G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
[gallery-13918]
O‘zA fotomuxbiri
Behzodbek Saidov olgan suratlar