“Gulshan ul-asror” asarida o‘z va o‘zlashma qatlamga oid so‘zlar ifodasi
Nilufar Choriyevna TASHMATOVA o‘qituvchi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston, Toshkent tashmatovanilufar365@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimiz yetuk namoyondalaridan Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” masnaviysi leksikasining o‘z va o‘zlashma qatlamga oid so‘zlar statistikasi va tahlili yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan. Masnaviy lug‘at boyligidagi 2031 ta so‘zning genezisi aniqlanib, o‘z va o‘zlashma qatlamlar nisbati belgilangan holda, ularning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: turkiy so‘z, o‘zbek tili, masnaviy, arabcha , fors-tojikcha, o‘zlashma, leksema.