Xabaringiz bor, navbatdagi Toshkent gullar festivali 1−3 may kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi maydonda bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu an’anaviy "Gullar festivali"da 2,5 milliondan ortiq gul, butalar va dekorativ landshaftlardan foydalanildi. Festivalda gullar bilan bezatilgan "Mustaqillik monumenti", gigant kapalak va 18 metrli samolyot kabi ko‘plab kompozitsiyalar mehmonlarni o‘ziga jalb etmoqda.
Shuningdek, festival maydonida maxsus ravishda joylashtirilgan gul tunnellari, osma gullar va installyatsiyalar: 10 mingga yaqin daraxt va butalar, yozgi gulli kompozitsiyalar va foto-zonalar mavjud. Festivalda gullar bilan bezatilgan dinozavrlar shaklidagi elementlar, gigant kapalak, rangbarang tovus, 2 ta arava, klassik kichik avtomobillar va 18 metrli samolyot mehmonlarni o‘ziga jalb etadi.
Festival dasturidan konsertlar, milliy o‘yinlar, folklor dasturlar va hunarmandlarning milliy mahsulotlari, non mahsulotlari ko‘rgazmasi ham o‘rin olgan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida tashkil qilingan Toshkent "Gullar festivali" 3 mayga qadar davom etadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DU4ZF8-7xAY" title="Gullarga burkangan Toshkent" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA