Sirdaryo viloyatining Guliston shahriga kirib kelgan odam birdaniga bu yerdagi shiddatli hayotni, misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni his qiladi. Yangilanib borayotgan yo‘llar, tiklanayotgan mahallalar, qad rostlayotgan turar-joy majmualari, do‘kon va xizmat ko‘rsatish maskanlari, qurilish maydonlaridagi harakat — bularning barchasi shaharning yuksalib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan darak beradi.

Joriy yilning birinchi yetti oyi natijalari ham shuni tasdiqlaydi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 916,2 milliard so‘mga yetdi. Qurilish-pudrat ishlari 565,1 milliard so‘mni, chakana tovar aylanmasi 1 trillion 256,7 milliard so‘mni, xizmatlar ko‘rsatish esa 2 trillion 113,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi esa 35,8 million dollarga teng bo‘lib, shu jumladan eksport 13,4 million, import 22,4 million dollarni tashkil qildi.

Bu raqamlar ortida, eng avvalo, odamlar turmush darajasining yuksalishi, bozorlarda turli xil mahsulot va xizmatlar ko‘payishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi kabi hayotiy o‘zgarishlar mujassam.

– Hozirda Gulistonda 2 937 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 2 361 tasi kichik biznes va mikrofirmalar, 22 tasi yirik tijorat korxonalari, 5 tasi fermer xo‘jaliklari, qolgan 549 tasi esa turli yo‘nalishlarda ish olib bormoqda, – deydi shahar hokimi Jamoliddin Hojimanov.

Ayniqsa, oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish orqali shahar iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashga muhim qadam qo‘yildi. Prezident qarori asosida joriy yil uchun 17,9 milliard so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, shundan 12,7 milliard so‘mi yetti oy ichida 660 nafar fuqaroga berildi. E’tiborlisi, bu mablag‘larning katta qismi yoshlar (4,3 milliard so‘m) va xotin-qizlar (7,1 milliard so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

– Bu mablag‘lar tufayli yangi loyihalar va oilaviy biznes tashabbuslari ko‘paydi, – deydi shahar hokimi. – Eng asosiysi, yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlikka qo‘shilayotgani — bu bizning eng katta yutug‘imiz.

Gulistonda ish o‘rinlari yaratishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 13 396 ta yangi ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning ko‘p qismi amalga oshirildi. Masalan, qurilish sohasida rejadagi 688 ish o‘rnidan 595 tasi yaratildi. Investitsiyalar hisobiga yana 1 168 ta ish o‘rni ochildi. Ishsizlikka qarshi choralar natijasida 2 654 ishsizdan 1 522 nafari doimiy ishga joylashtirildi. Shuningdek, yo‘llanmalar asosida 1 336 ishsiz ish bilan ta’minlanib, belgilangan reja 101 foizga bajarildi.

– Iqtisodiy rivojlanishda mikroloyihalarning ahamiyati ham katta, – deydi Jamoliddin Hojimanov. – Joriy yilning sakkiz oyida 631 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 1 404 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Loyihalarning umumiy qiymati 30,3 milliard so‘mni tashkil qildi. Ular asosan ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida amalga oshirilib, mahalliy iqtisodiyotga nafaqat daromad, balki yoshlar va xotin-qizlarning faol ishtirokini ham ta’minlamoqda.

Eng muhimi, Guliston shahrida iqtisodiyot tobora rivojlanmoqda. Investitsiyalar, oilaviy biznes va mikroloyihalar orqali yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari aholi bandligini ta’minlab, kambag‘allikni qisqartirish, farovonlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonlar esa shahar aholisi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonning iqtisodiy salohiyati yanada yuksalmoqda