Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va hududiy adliya bo‘limlariga to‘rtinchi sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 7 820 nafar yosh biriktirilib, ular bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash markazida tashkil etilgan navbatdagi tadbirda harbiy xizmatga va sportga qiziqishi bo‘lgan yoshlar jam bo‘ldi.  

Uchrashuvda dastlab mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar huquqlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, vatanparvarlik, harbiy kasb mas’uliyati va mashaqqati, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati haqida so‘z yuritilib, Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi alohida ta’kidlandi. Harbiy mutaxassislikka tayyorlanayotgan chaqiriluvchilarning Markazdagi mashg‘ulotlar va yaratilgan sharoitlar haqidagi fikr-mulohazalari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlar Markazda chaqiriluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy texnika va harbiy anjomlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.  

Mazkur tadbir yoshlarni vatanparvarlik, yurtga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.  

Sh.Suyarov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonlik yoshlar harbiylar hayoti bilan tanishdi