Gulistonlik shifokorlar Qonliko‘lda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida sirdaryolik shifokorlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 98 yoshli O‘razbay ota Nametullayev xonadonida bo‘lib, uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
– Sirdaryodan kelganimizni aytganimizda otaxon ko‘ziga yosh olib, duo qildi, – deydi Guliston shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Yusuf Mirxonov. – Suhbat davomida otaxon urush paytida boshidan o‘tkazgan og‘ir kunlar haqida gapirib berdi. Otaxon 1942 yilda frontga jo‘natilgandan so‘ng Ukrainaning Donetsk va Xarkov viloyatlarini fashistlardan ozod qilishda ishtirok etgan. 1942-1945 yillarda Moldova, Ruminiya, Vengriya, Avstriya davlatlarini ozod qilishda qatnashgan, 1947 yilda qishlog‘iga qaytib, nafaqagacha o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. bugungi dorilomon kunlarda otaxon kabi faxriylar e’zozlanmoqda. Tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanayotir. Bularning barchasi xalqimizga xos azaliy qadriyatlar, an’analarning namoyon bo‘lishidir.
Sh.Suyarov, O‘zA