Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitadigan eng yaxshi maktab” ko‘rik tanloviga qiziqish ta’lim tizimi sohasida yildan yilga ortib bormoqda.

Joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ham yuqori marralarni egallash Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasiga ham nasib etdi. Ushbu maktabning bir guruh faol o‘quvchilari Buyuk Britaniyada “Ta’lim sayohati”da bo‘lishdi. Ular bir hafta mobaynida Ardmor tillarni o‘qitish maktabida qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazib, ingliz tilida qizg‘in bahs-munozaralar, debatlar va taqdimotlarda faol qatnashdi.  

Dars mashg‘ulotlaridan tashqari delegatsiya a’zolari Londonning eng mashhur joylariga ham sayohat qilishdi. O‘quvchilar delegatsiyasi Oksford, Kembrij universitetlari, Krischurch kolleji va yana bir qancha ta’lim dargohlarida bo‘lib, ularning faoliyatlari, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, tarixiy yodgorlik Vindzor qasriga bo‘lgan sayohat barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular bu yerda mahalliy aholi bilan suhbatda bo‘ldi.  

–Buyuk Britaniyaga bo‘lgan unutilmas bir haftalik sayohatimiz o‘quvchilarimizda olam-olam taassurotlar qoldirdi, – deydi maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Mashhura Hasanova. – Yurtimiz yoshlarining chuqur bilim olishiga, dunyoning eng ilg‘or mamlakatlariga mana shunday bir umr esda qoladigan sayohatlarga sharoitlar yaratib berayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz. 

Shuhrat Suyarov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonlik o‘quvchilar Buyuk Britaniyada