Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tayotgan “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivali doirasida turli musobaqalar o‘tkazildi.

Ushbu bellashuvlarda “Street workout” ko‘cha fitnesi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, unda jami 55 nafar harbiy xizmatchi, havaskor sportchilar,  o‘quvchi-talabalar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Festival loyihasidan o‘rin olgan “Street workout” ko‘cha musobaqasida poytaxtlik fitneschilar havaskor sportchilarga mahorat darslari o‘tib berdi.

Kibersport musobaqalari

Guliston davlat universiteti, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer shahar filiali, Sirdaryo viloyat xalq ta’limi, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari tomonidan ko‘rik tanlov nizomiga asosan talaba va o‘quvchi yoshlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Ushbu tadbirlarda faol va iqtidorli yoshlar, harbiy xizmatchilar, o‘quvchi va talabalar, mahalla yoshlaridan 132 nafari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Festival doirasida konsert dasturi tashkil etildi.

“Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivali davom etmoqda.

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda yoshlar va millatlararo do‘stlik festivali