Gulistonda “Korzinka” ochildi
O‘zbekistonning eng yirik savdo supermarketlar tarmog‘i "Korzinka" Sirdaryo viloyatining markazi Guliston shahrida o‘zining 115 do‘koni bilan o‘z faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov, “Saxovat” savdo markazi rahbari Hilola Obidova hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.



–Supermarketlar tarmog‘imizning 115 do‘konini aynan Guliston shahrida ochilganidan behad mamnunman, –dedi "Korzinka" supermarketlar asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov. – Bizning asosiy maqsadimiz har doim imkon qadar mijozlarga yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni taqdim etish vaO‘zbekistonda riteyl savdo segmentini rivojlantirish bo‘lgan. Biz bu yo‘nalishda asta-sekin va ishonch bilan qadam tashlashni davom ettiramiz.


1300 kvadrat metr maydonni o‘z ichiga olgan savdo majmuasida 60 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA