Gulistonda “Iste’molchilar uyi” ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni va ushbu hujjat asosida tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki darajasini oshirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan.
“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” g‘oyasini amalda ro‘yobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari amaliy ko‘magida Federatsiya tashabbusi bilan ishlab chiqilib, amalga tadbiq etilgan loyihalardan biri “Iste’molchilar uyi” loyihasi hisoblanadi.
[gallery-16718]
Mazkur ijtimoiy loyihaning uzviy davomi sifatida fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash tizimini joriy etish maqsadida Konsepsiyada belgilangan “Davlat+fuqarolik jamiyati institutlari+tadbirkorlik subyektlari” tamoyili asosida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasining “Iste’molchilar uyi” ma’muriy majmuasi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishtirok etdi.
Sh.Suyarov,
O‘zA muxbiri