Guliston tumanida yangi hokim ish boshladi
Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Jo‘rayev Olimjon O‘rozaliyevich tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari
G‘ulom PRIMOV,
Shahriyor ORTIQBOEV (surat) O‘zA muxbirlari