Endi Guliston shahridan Toshkent viloyatining Bo‘stonlik tumanidagi Chinorkent bekatigacha tez yurar elektropoyezd qatnaydi.

--Barcha shart-sharoit,  isitish va sovitish tizimiga ega bo‘lgan  elektropoyezd vagonlari Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan bo‘lib, keng, shinam va xavfsizligi bilan  ajralib turadi. 6 ta vagondan iborat bo‘lgan mazkur elektropoyezdning  umumiy sig‘imi 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan, tik holatda ketuvchi yo‘lovchilar  bilan hisoblaganda bir vaqtning o‘zida mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi, --deydi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ shahar atrofida yo‘lovchi tashish MCHJ marketing va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori o‘rinbosari Dilmurod Ubaydullayev.--Ushbu elektropoyezd  

Gulistondan Chinorkentgacha bo‘lgan masofani 3 soatu 30 daqiqada bosib o‘tadi.

Yo‘l haqi ham qimmat emas. Gulistondan Toshkentgacha 20 ming so‘m bo‘lsa,  Chinorkentgacha kattalar uchun yo‘l haqi 40 ming so‘m, bolalar uchun esa 23 ming so‘m. To‘lovni ATTO transport kartasi yordamida to‘lash yoki chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalaridan ham xarid qilish mumkin.

Elektropoyezd harakatlanish jadvaliga asosan har kuni qatnaydi.Gulistondan tongi soat  6:11 da yo‘lga chiqsa, Chinorkentdan  Gulistonga qarab 15:43 da jo‘nab, 19:00 da Gulistonga yetib keladi.

Bugun uning birinchi yo‘lovchilari faxriylar, nuroniylar, OAV vakillari bo‘lishdi.

Ushbu yo‘nalishda elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani sirdaryolik sayohatchilarga  Chinorkentga borib,  Bo‘stonlikning go‘zal manzaralarini tomosha qilib,  maroqli hordiq chiqarib qaytish imkonini beradi.  

G‘ulom Primov,

Shahriyor Ortiqboyev(surat),  

O‘zA  muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Guliston-Toshkent-Chinorkent” yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi