Guli Hamroyeva xoreografiya san’atining ustasi edi
O‘zbek balet san’atining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Guli Hamroyeva 76 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar bermoqda.
Guli Hamroyeva Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi, eng sara jahon va milliy klassik balet spektakllaridagi yetakchi rollar ijrochisi, betakror iste’dod sohibasi edi.
Uning “Bog‘chasaroy fontani”, “Don Kixot”, “Dilorom”, “Muhabbat tumori”, “Spartak” va boshqa ko‘plab spektakllardagi yetakchi rollari milliy balet xazinasidan munosib o‘rin egallagan. Ustoz san’atkorning xotirasi san’at muxlislari qalbida qoladi.
O‘zA