Bugun Gruziya poytaxti Tibilisida yuzlab odam namoyishga chiqdi. Bunga sabab muxolifat yetakchisi Nikanor Meliyaning hibsga olinishidir. Xabarlarga ko‘ra, uning qamalishi mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariyaga borib taqaladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi bosh vazir iste’foga chiqarilishi uchun yetarlicha dalil keltirgan. Politsiya esa uning hatti-harakatlari qonunga zid, deb topdi.
Gruziya bayroqlarini ko‘targan namoyishchilar shahar markazi bo‘ylab yurib, norozilik bildirish uchun parlament binosi oldida to‘plandi. Ustiga-ustak,olomon o‘tgan yili Janubiy Kavkazda o‘tkazilgan parlament saylovi qayta tashkil etilishini da’vo qilmoqda.
“Reuters” xabar qilishicha, ikki kun avval politsiya Meliyaning ofisiga bostirib kirgan va butun jamoani hibsga olgan.
Sudlanuvchi 2019 yilgi namoyishlarini uyushtirganlikda ayblanmoqda. Tabiiyki, muxolifat yetakchisi buni rad etyapti.
Demak, Gruziyada bosh vazir Georgiy Gaxariya iste’foga chiqarildi, mamlakat muxolifatchisi qamoqqa olindi. Bu xolat 3,7 million aholi istiqomat qiladigan hududda siyosiy kelishmovchilik kuchayishiga olib kelishi mumkin.
AQSH va boshqa G‘arb davlatlari Meliyaning hibsga olinishi muxolifat va hukmron partiya o‘rtasidagi muloqot istiqboliga zarar yetkazishidan xavotirda ekanini bildirdi.
Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel ham kelasi hafta Moldova va Ukrainani ham o‘z ichiga olgan uch davlatga tashrifi doirasida Gruziyaga jo‘nab ketishi kerak.