Grossi: Zaporoje AES butunlay yopilishi mumkin
MAGATE bosh direktori Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, Zaporoje AES bir haftadan oshdiki, tashqi quvvatdan uzilgan holda yadroviy xavfsizlik va himoya vazifasini bajarish uchun zarur manbani ta’minlash uchun favqulodda dizel-generatordan foydalanmoqda.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, 20-avgust kuni jangovar harakat natijasida majmuaning yagona elektr uzatish liniyasi – “Ferosplavnaya-1” bilan ham aloqa uzilgan.
Tuzilma rahbari Agentlik inshoot dizel yonilg‘isidan uzoq vaqt davomida foydalanish qobiliyatini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi.
– Yaqin kelajakda tashqi quvvat yoki qo‘shimcha dizel yonilg‘isi ta’minoti tiklanmasa, stansiya taxminan o‘n kun ichida to‘liq elektrdan uzilishi mumkin, – deya ta’kidlagan Grossi.
S.Rahimov, O‘zA