“GROSS INSURANCE” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moliyaviy barqarorligi va to’lov qobiliyati hamda sug’urta amaliyotlarining chuqur tahlili asosida sug’urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta rasmiylashtirilib, kompaniyaga majburiy sug’urta turlarining barchasini amalga oshirish uchun huquq berildi.

Shunday qilib, “GROSS INSURANCE” respublikamizdagi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish (TVEFJMSQ), ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish (IBFJMSQ), tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish (TFJMSQ) ijtimoiy-muhim sug’urta turlarini hamda ixtiyoriy va majburiy sug’urtaning boshqa turlarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan eng yirik sug’urtalovchilar o’ntaligiga kirdi. 

“GROSS INSURANCE” sug’urta kompaniyasi 2011 yilda ta’sis etilgan bo’lib, joriy yilning 1-choragi natijalariga ko’ra ustav kapitalining miqdori bo’yicha 4-o’rinni, sug’urta mukofotlarining hajmi bo’yicha 7-o’rinni egallamoqda. “SAIPRO” axborot-reyting agentligining milliy shkalasi bo’yicha kompaniya uzA+ moliyaviy barqarorlik reytingiga ega. 

“GROSS INSURANCE” sug’urta bozoridagi ustav kapitalida davlat ulushi bo’lgan uchta sug’urta kompaniyalari- “O’zbekinvest” EIMSK, “O’zagrosug’urta” AJ va “Kafolat sug’urta kompaniyasi” AJ bilan bir qatorda qayta sug’urtalash faoliyatini to’liq hajmda amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan yagona nodavlat sug’urtalovchisi hisoblanadi. 

Kompaniya mamlakatimizning barcha hududlarida, shu jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tarmog’iga ega. Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi samarali boshqaruv, yuqori darajadagi aktivlar likvidligi, Willis, AON, Zurich FS, Lloyd's sindikati, Allianz, ACE, Tokyo Marine, Hyundai Fire&Marine, Korean Re kabi yirik xalqaro qayta sug’urtalovchi va brokerlar bilan hamkorlikdagi samarali qayta sug’urtalash tizimi hamda xalqaro standartlar talablariga mos ravishda shakllantirilgan va boshqariladigan katta hajmdagi sug’urta zahiralari bilan kafolatlanadi. 

“GROSS INSURANCE” MChJ
 matbuot xizmati 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
GROSS INSURANCE majburiy sug’urta bozoriga kirib kelmoqda