Ob-havoning tobora sovib borishi oqibatida yurtimizda mavsumiy kasalliklar avj olib boradi. Bu kabi kasalliklaring eng faoli sanalgan gripp virusi keng va tez tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasallik turiga kiradi. Gripp asosan kuz va qish faslida ko‘p uchraydi. Gripp virusining A, V va S turlari mavjud bo‘lib, havoda saqlanib turgan gripp virusi sog‘lom odamga tezda yuqadi.

Aslida gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil. Ayniqsa, nimjon, immun tizimi past bolalar uchun bu virus xatarlidir. Xo‘sh, bolalar bir  yilda necha marta shamollasa, xavf guruhiga kiradi?  

Mazkur savol yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinora Do‘stmuhammedova quyidagilarni ma’lum qildi.  

– Inson organizmi turli kasalliklarga qarshi samarali kurashishi uchun uning immuniteti mustahkam bo‘lishi lozim. Odatda u haqida ko‘pchilikda bir xil fikr mavjud. Ya’ni, immunitet tananing himoya tizimidir.  

Darhaqiqat, tananing ushbu himoya qobiliyati infeksion kasallik qo‘zg‘atuvchilari (bakteriya, virus, rikketsiya), turli toksinlar, mutatsiyaga uchragan onkologik hujayralar, turli parazitlarga (askarida, exinokokkoz) qarshi kurashadi. U go‘daklarda ona qornidayoq shakllanadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda esa immunitet ona suti orqali o‘tadi. Ushbu tabiiy ozuqa tarkibida qator tirik ingrediyentlar, foydali bakteriyalar, ferment va gormonlar bo‘lib, ular chaqaloq tanasining turli infeksiyalarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi. U bilan oziqlangan go‘dak shamollash, gripp, otit va yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari hamda stomatit kabi xastaliklardan kamroq aziyat chekadi.  

Shuningdek, tug‘ilgandan so‘ng bola organizmida turli infeksiyalarga qarshi immunitet profilaktik emlanish orqali ham hosil qilinadi. 3 yoshgacha go‘daklar yiliga 4 martadan ko‘p, 3 yoshdan yuqori bolalar esa yiliga 6 martadan ortiq respirator kasalliklar, ya’ni O‘RVI, gripp, bronxit bilan xastalansa, ular tez-tez shamollovchi bolalar guruhiga kiradi. Bunday kichkintoylar doimiy ravishda shifokor nazoratida bo‘lishi va mutaxassis tavsiyasi asosida kerakli muolajalarni olishi zarur.  

Ba’zida grippning yengil shakllari bilan og‘rigan bemorlar uy sharoitida davolanishga harakat qilishadi. Jamoat joylarda, barcha transportlarda, o‘qish va ish joylarda bemalol harakatlanishadi. Ular bu holatda atrofdagilar uchun ko‘proq xavf tug‘diradi. Shuning uchun ham kasallikning dastlabki alomatlari sezila boshlashi bilan darhol davo choralari ko‘rilishi lozim. Chunki gripp oddiy shamollash emas, aksincha asorati og‘ir kechadigan kasallikdir.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gripp oddiy shamollash emas