Gretsiyada besh mingdan ortiq talaba sud binosi oldida yig‘ildi
Besh mingdan ziyod universitet talabalari Yunonistondagi sud binosi yonida to‘plandi.
Ular kampus xavfsizligi to‘g‘risidagi yangi qonunga qarshi norozilik bildirishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mitingda yoshlardan tashqari boshqa namoyishchilar ham bo‘lgan.
Salonikidagi norozilik namoyishi pandemiya cheklovlariga qaramay, dushanba kuni ham davom etdi. Vaziyat murakkablashgach, politsiya 31 kishini hibsga oldi.
Parlament tomonidan tasdiqlangan yangi qonunga binoan, endi politsiya universitet hududini nazorat qilishi mumkin. Ushbu qoida mamlakat bo‘ylab jiddiy munozaraga sabab bo‘lmoqda. Zero, ilgari politsiya xodimining oliy o‘quv yurtlariga kirishi cheklangan edi.
Amaldagi konservativ hukumatning fikricha, avval joriy qilingan qoidalar universitet hududida jinoiy harakatlar, zo‘ravonlik ko‘payishiga yo‘l qo‘ygan. Qolaversa, 1967-73 yillarda Yunonistonda harbiy diktatura hukmronlik qilgan yillari aynan universitetlar siyosiy qarama-qarshilik o‘chog‘iga aylangani ham ko‘pchilikning yodida.
Siyosiy raqiblar esa, o‘z navbatida, hukumatni politsiyaning kengaytirilgan vakolatini sanksiyalash uchun yopiq usuldan foydalanganlikda ayblamoqda.