Gresiya kasaba uyushmalari yangi qonunga qarshi norozilik namoyishini tashkil qiladi
Afina markazidagi namoyishda telekommunikatsiya kompaniyalari ishchilari, maktab va oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari, transport, bank sohasi xodimlari, shuningdek, dengizchilarning kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etadi.
Bugun, chorshanba kuni Gresiya kasaba uyushmalari mehnatkashlar va kasaba uyushmalari faoliyatini cheklovchi “taraqqiyot qonuni” deb ataluvchi qonunga qarshi norozilik namoyishini tashkil qiladi. Afina markazidagi namoyishda telekommunikatsiya kompaniyalari ishchilari, maktab va oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari, transport, bank sohasi xodimlari, shuningdek, dengizchilarning kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etadi.
Televidenie va radioda yangiliklar dasturi efirga uzatilmaydi, gazetalar chop etilmaydi. Bu yangi hukumat davridagi ikkinchi namoyish bo‘lib, birinchisi 24 sentabrda bo‘lgandi.