“Go‘zallik va salomatlik sari” marafoniga start berildi
Toshkent shahar hokimligi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan yangi loyiha boshlandi. Ya’ni, ayollar orasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish va semizlikning oldini olishga qaratilgan “Go‘zallik va salomatlik sari” marafoniga start berildi.
Ayni damda ushbu marafon uchun 35 nafardan ortiq vazni og‘ir xotin-qizlar tanlab olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xotin-qizlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, go‘zallik va salomatlik to‘g‘risida suhbatlar qurildi.


Endilikda, ushbu xotin-qizlar bilan turli sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA