Saylovda ishtirok etish, davlat hayotida har bir fuqaroning o‘z o‘rniga ega ekanini ko‘rsatadi. Buxorolik yoshlar saylovda faol qatnashmoqda. Viloyatda birinchi marotaba ovoz beradigan yoshlar 200 ming nafarni tashkil etadi.

– Men bugun ilk marta ovoz berish huquqimdan foydalandim, Buxoro shahridagi 1-sonli saylov uchastkasiga keldim, – deydi Shohruzjon Ahmadjonov. – Fuqarolik burchimni bajarib, yurtimizda kechayotgan siyosiy jarayonlarda mening ham o‘rnim, ovozim borligidan mamnunman.

Shuningdek, Buxoro shahridagi Mahmud Torobiy mahallasida istiqomat qiluvchi Humoyun Sayfullayev bu yil saylovda ilk marotaba ishtirok etmoqda. Erta tongda Buxoro shahridagi 26-saylov uchastkasida hozir bo‘lgan yigitning hayajoni cheksiz.

– Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1-kursida tahsil olaman, – deydi Humoyun. – Hayotimdagi ilk muhim siyosiy jarayonni o‘tkazib yuborishni istamadim hamda saylovda ovoz berish uchun Samarqanddan keldim. Saylovda ovoz berish bilan birga davlatimizni yanada yuksaltirishga va farovonligini oshirishga o‘z ovozim bilan O‘zbekistonning kelajagini belgilashga hissa qo‘shmoqdaman.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘zal diyorim ravnaqida mening ham ovozim bor