G‘o‘za parvarishiga oid vazifalar belgilab olindi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Zamin” fermer xo‘jaligida g‘o‘za parvarishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Paxtachilikda g‘o‘zaning o‘suv nuqtasini chilpish, ya’ni chekanka yuqori hosildorlikka erishishning muhim agrotexnik tadbirlardan. Mazkur ish o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilganida hosil elementlari to‘kilishining oldi olinadi, ko‘saklar to‘liq shakllanadi va erta pishib yetiladi. Hosil gektariga 5-6 sentnerga ortadi hamda tola sifati oshadi.
[gallery-24215]
Seminarda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N. Xudoyberdiyev, tuman hokimi Sh. Musayev, qishloq xo‘jaligiga daxldor tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir so‘nggida g‘o‘za parvarishidagi barcha agrotexnik masalalardan kelib chiqib, dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Ta’kidlash kerak, tumanida joriy yil hosili uchun jami 4130 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda. Shundan 2174 gektarida xorijiy nav, 200 gektarida Xitoy texnologiyasi asosidagi nav, 1956 gektarida an’anaviy navlar parvarish qilinmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA