O‘zbekistonda so‘nggi oylarda go‘sht qimmatlashdi. Albatta, bu chorva tuyog‘ining kamayishi bilan bog‘liq. Shunday bir paytda Dang‘ara tumanida chorva bosh soni oydan-oyga ortib boryapti. Masalan, “Qiyali Qo‘rg‘oncha chorva” fermer xo‘jaligini olaylik. Uch yil avval fermer 66 bosh sigir bilan ish boshlagan edi. Bugun esa yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lgan sut yetkazib beruvchi istiqbolli fermaga aylandi.

– 285 bosh molimiz bor. Uning 85 tasi sog‘in sigir. Har biri kuniga o‘rtacha 29 litrdan sut beryapti. Sutni “Nestle” kompaniyasi olib ketmoqda, – deydi “Qiyali Qo‘rg‘oncha chorva” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Jahongir Usmonov. – Kelajakda o‘zimizda sutni qayta ishlash zavodini ochamiz. Chunki buzoqlar tug‘ilgan sayin sog‘in sigirlar soni ortib boryapti. Agar sigirlar barchasi buzoqlasa, kuniga 5 tonnadan ortiq sut sog‘ib olinadi.

Ferma hududini to‘liq aylanib chiqa olmadik. Ko‘rganlarimiz ham hayratlanarli edi. Har bir sigir sog‘lom, baquvvat, bo‘lali, yelinidan sut otiladi. Ularni mexanizatsiyalashgan usulda sog‘ib oladilar. Sog‘lom sigirlardan sog‘ilgan yog‘li sut esa xaridorgir. Bo‘lmasa, qo‘shni viloyatdan atayin kelib olib ketarmidilar? Bunday zotli sigirlarni Yevropa davlatlaridan ikki marta sotib oldilar.

– Chet eldan birinchi marta 66 bosh mol olgan edik. 2022 yili esa yana 66 bosh bo‘g‘oz sigirlar keltirganmiz. 3 yilda ular tug‘ib, ko‘payib, 285 taga yetdi, – deydi fermer Jamoliddin Yigitaliyev. 

Fermada barcha ishlar: ozuqa berish, sug‘orish, hatto chorva ostini tozalash ham mexanizatsiyalashgan.

Fermer har ishda talabchan. Yangi tug‘ilgan buzoqlar alohida-alohida boqiladi va ularning har biriga biriktirilgan qarovchilar bor.

Shu yerda “Hisori” va Avstraliyaning “Dopler” naslli qo‘ylari ham boqilyapti. Ularning hammasi faqat go‘sht uchun semirtiriladi.

Biz go‘sht yetishtirishni ko‘paytiraylik, deymizu, ammo chorvaning ozuqa manbalarini rivojlantirishga yetarlicha e’tibor bermayapmiz, chog‘i. Masalan, “Qiyali Qo‘rg‘oncha chorva” fermer xo‘jaligida uch yuz boshga yaqin zotli mol, yuzdan ortiq naslli qo‘y boqilsada, ularda ozuqa yetishtirish uchun atigi 21 gektar yer bor ekan...

– Biz uchun eng katta muammo – ozuqa. Har bitta molga bir kunda 35 kg yem kerak. Ixtiyorimizdagi 21 gektarda yetishtirilgan chorva ozuqasi yetmayapti, – deydi Jahongir Usmonov. – Yuqorida aytganimdek, bo‘g‘oz mollarimiz tug‘sa, molimiz soni 500 boshdan ortadi. Ularga ozuqa uchun yer juda zarur. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ah9b4Hb4IkA" title="Go‘shtni ko‘paytirish uchun ozuqa manbasi kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘shtni ko‘paytirish uchun ozuqa manbasi kerak (+video)