Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, go‘sht narxi quyidagi ikki holatda oshadi: birinchisi, go‘sht ishlab chiqarishda taqchillik yuzaga kelsa yoki go‘shtning tannarxi oshsa.

Bugun chorvachilik va uning tarmoqlaridagi strategik rejalashtirish asosidagi islohotlar tufayli iste’mol bozorida go‘sht taqchilligi kuzatilayotgani yo‘q. Go‘sht ishlab chiqarish talabni to‘liq ta’minlayapti.

Unda nega yurtimizda go‘sht narxi oshib ketdi?!

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu holat iqtisodiy-moliyaviy islohotlar samaradorligiga bog‘liq.

Ayni paytda yurtimizdagi bozorlarning arzonlashtirilgan rastalarida 1kg. mol va qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-75 ming, tadbirkorlar rastasida 90-95 ming, savdo markazlari (supermarketlar)da 95-100 ming so‘mdan sotilmoqda.

Toshkent shahridagi arzonlashtirilgan rastalardagi 65-75 ming so‘mlik go‘shtning bir kundagi sotilishi jami xaridorlarning 15-18 foizini, tadbirkorlar rastasidagi 90-95ming so‘mlik ro‘zg‘orbop go‘sht xarid qiluvchilarning 82-85 foizini, 110-130 ming so‘mlik suyaksiz (lahm) go‘sht 1-2 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, poytaxt bozorlarida go‘shtni aholining xarid qobiliyatiga mos ravishda qismlarga bo‘lib sotish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ya’ni, go‘shti ajratilgan suyak (ragu) 25-30 ming so‘m, qovurg‘a 85-95 ming so‘m, suyaksiz go‘sht (lahm) 110-130 ming so‘mdan sotilmoqda.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, Rossiyada 1kg. mol go‘shti 10-12 dollar, Belarusda 6-8 dollar, Qozog‘istonda 7-11 dollar, Tojikistonda 8-10 dollar, Gruziyada 9,5-12 dollar, Ozarbayjonda 9,5-12,5 dollar, Turkiyada 12-14 dollar, shuningdek iqtisodiyoti rivojlangan Shvetsiyada 46,2 dollar, Islandiyada 38,86 dollar, Janubiy Koreyada 28 dollar atrofida sotilmoqda.

Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston dunyoning go‘sht eng arzon sotiladigan davlatlari qatoriga kiradi.

Agar-iqtisodiy masalalarni yoritadigan xorijiy saytlar ma’lumotlariga ko‘ra, go‘sht yetishtirish va go‘sht narxining ichki iste’moldagi barqarorligini saqlab qolish maqsadida turli davlatlarda turli xil imtiyozlar beriladi.

Masalan, Qozog‘istonda go‘shtning tannarxini pasaytirish maqsadida davlat tomonidan qoramolning 1 kilogramm tirik vazni uchun 5 ming 296 so‘m (200 tenge), qayta ishlashga mo‘ljallangan 1 kilo go‘sht uchun 4 ming 615 so‘m(175tenge) subsidiya beriladi.

Shuningdek, go‘sht yo‘nalishidagi mahalliy bir bosh nasldor buqa sotib olish uchun davlat tomonidan 4 mln. so‘m (150ming tenge), MDH davlatlaridan olib kelingan bir bosh sigirga ya’ni 6 mln. so‘m (225 ming tenge), Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa davlatlaridan import qilingan bir bosh naslli sigirga 8 mln. so‘m (300 ming tenge) subsidiya ajratiladi.

Eronda chorvachilik davlat tomonidan taqdim etiladigan beg‘araz moliyaviy ko‘maklar hisobiga qo‘llab-quvvatlanadi.

Chorvachilik sektorini qo‘llash uchun davlat byudjetidan subsidiya mablag‘lari ajratiladi. Masalan, 2024 yilda chorvachilik sektorini quvvatlash uchun 20 mlrd. dollar beg‘araz sarmoya ajratilgan.

Har yili fermerlarga 10 mlrd. dollarga yaqin mablag‘ chorva mollariga ozuqalar bilan ta’minlash uchun taqsimlanadi.

Bundan tashqari, chorva kasalliklarining oldini olish va hayvonlar sog‘lig‘ini ta’minlashga yiliga 500 mln. dollardan 1 mlrd. dollargacha mablag‘ yo‘naltiriladi.

Davlat tomonidan har yili chorvachilik sohasida zamonaviy texnikalarni xarid qilish uchun 2 mlrd. dollar ajratiladi. Fermerlarning malakasini oshirish, yangi usul va texnologiyalarni joriy qilish uchun ta’lim va treninglar tashkil qilish maqsadida 100 mln. dollar sarflanadi.

Fransiya hukumati chorvachilik sohasini rivojlantirish va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator moliyaviy yordam va subsidiyalar dasturlarini amalga oshirmoqda.

Davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar:

2024 yilda Fransiya hukumati chorvachilik fermerlarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 250 mln yevrogacha mablag‘ ajratiladi. Bu mablag‘ fermerlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Yevropa Komissiyasi 2023 yilda Fransiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevrolik davlat yordam beriladi.

Bu dastur 2029 yilgacha amal qiladi va fermerlarga turli moliyaviy yordam shaklida taqdim etadi.

O‘tgan yillar davomida yurtimizda go‘sht narxiga ta’sir qiluvchi davlat preferensiyalarining samaradorligini tahlil qilsak vaziyat yanada oydinlashadi.

Fermerlarning aytishicha, birinchidan ishlab chiqarilib, sotilgan go‘sht uchun ishlab chiqaruvchilarga berilayotgan davlat subsidiyalari 2024 yil 1 yanvardan bekor qilingan.

Ikkinchidan, go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek importda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgan.

O‘tgan yillar mobaynida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” gi 2022 yil 5 maydagi qonunga muvofiq 2023 yil 1 yanvarga qadar mol va qo‘y go‘shtini realizatsiya qilishda aylanma, olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan edi.

Uchinchidan, statistik hisobotlarga ko‘ra, 2025 yilning mart oyida go‘sht ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan, yem-ozuqa, elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari narxlari keskin oshdi.

Masalan, 2024 yilning dekabr oyidagi qiymatga solishtirganda bugungi kunda shrot narxi 3 ming so‘mdan 7 ming so‘mga, sheluxa 2 ming 800 so‘mdan 4 ming so‘mga, omuxta yem 2 ming 900 so‘mdan 3 ming 700 so‘mga, bug‘doy 2 ming so‘mdan 3 ming so‘mga, makka silosi 500 so‘mdan 900-1000 so‘mga, somon 15 ming so‘mdan 25 ming so‘mga, beda 25 ming so‘mdan 45 ming so‘mga ko‘tarildi.

E’tiborlisi, go‘sht yetishtirishda O‘zbekiston ko‘p davlatlardan mol bosh soni ko‘pligi, lekin ekin maydonlari kamligi bilan keskin farqlanadi.

To‘rtinchidan, tahlillarga ko‘ra go‘sht import qilinadigan mamlakatlarda xususan, Belorusda go‘sht ishlab chiqarish 1 kilosining tannarxi 6-10 ming so‘mgacha ko‘tarildi.

Qozog‘iston va Qirg‘iz respublikasidan so‘yish uchun keltirilayotgan mollarning narxi tirik vaznda kilosiga 5-10 ming so‘mgacha qimmatlashdi va keltirish xarajatlari bir bosh qoramolga nisbatan 100-150 dollarga qimmatlashdi.

Beshinchidan, bo‘rdoqini so‘yish uchun viloyatlardan Toshkent shahriga keltirish yoki go‘shtni tashishdagi transport xarajatlari, ya’ni ichki logistika (yoqilg‘i moylash) xarajatlari 150 foizgacha ko‘tarildi.

Oltinchidan, go‘sht oldi-sotdisida betartib chayqovchilik faoliyati mavjud.

Masalan, Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari (zamonaviy kushxonalar)da so‘yilgan chorva go‘shti iste’mol bozori peshtaxtalarida kilosiga 20-25 ming so‘m, ayrim bozorlarda 25-30 ming so‘mgacha ustama qo‘yib sotilayotgani aniqlandi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, qachonki chorvachilik va uning tarmoqlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, iste’molchi uchun go‘sht narxi barqarorligi ta’minlanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘sht narxining barqarorligi iqtisodiy preferensiyalarga bog‘liq