“Google” orbital ma’lumot markazini yaratish uchun koinotga ilk chipni yubordi
“Google” TPU birinchi AI chipini “SpaceX Falcon-9” raketasi yordamida uchirilgan suniy yo‘ldoshda koinotga jo‘natdi. Mazkur “Suncatcher” loyihasi doirasida kompaniya koinot, jumladan radiatsiya, cheklangan quvvat va sovutish muammosi sharoitida ishonchli ish olib borish qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi.
Hozircha chip qizib ketmasligi uchun qisqa muddatli rejimda ishlashi aytilmoqda.
2027-yil “Google” lazer orqali ma’lumot almashish va murakkabroq hisob-kitob amalga oshirish imkoniga ega yana ikki sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirgan. Oxir-oqibat korxona AI vazifasini parallel ravishda qayta ishlash uchun yagona hisoblash klasteriga ulangan 81 sun’iy yo‘ldoshdan iborat orbital ma’lumot markazi yaratish masalasini ko‘rib chiqyapti.
S.Rahimov, O‘zA