Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gollarga boy tur yakunlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligaci 28-turining so‘nggi kunida “Nasaf” – “Sho‘rtan”, “Paxtakor” – “Olmaliq” va “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bahslar o‘tkazildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligaci 28-turining so‘nggi kunida “Nasaf” – “Sho‘rtan”, “Paxtakor” – “Olmaliq” va “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bahslar o‘tkazildi.

“Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” klublari o‘rtasidagi uchrashuv gollarga boy bo‘ldi. Qo‘qonda o‘tkazilgan ushbu bahsning 5-daqiqasida Mirjamol Qosimov hisobni ochgan bo‘lsa, o‘n daqiqa o‘tib, mezbonlar futbolchisi Suhrob Berdiyev hisobni tenglashtirdi – 1:1.

2.jpg

O‘yinning ikkinchi bo‘limida bor e’tiborni hujumga qaratgan “Bunyodkor” klubi a’zolari Dilshod Ahmadaliyev, Anvar G‘ofurov, Otabek Shukurov va Shohrux Gadoyev raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 5:1. Uchrashuvning 87 daqiqasida qo‘qonliklar uyushtirgan hujum muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu vaziyatda Javohir Siddiqov hisobni qisqartirdi.

Shuningdek, oliy liga bahslarida “Nasaf” o‘z maydonida “Sho‘rtan”ni 3:0, “Paxtakor” esa “Olmaliq”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqa jadvalida “Lokomotiv” 64 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.