Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun o‘tkazilgan erkaklar va qizlar o‘rtasidagi mini futbol musobaqalari yakuniga yetdi.

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilgan final o‘yinlari qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. 

Erkaklar o‘rtasida musobaqa finalida Oltinko‘l hamda Andijon tumani jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Uchrashuvda raqibini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Oltinko‘l tumani jamoasi g‘olib sifatida musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 

[gallery-24365]

Musobaqada 3-o‘rin uchun bahsda Asaka va Buloqboshi tumanlari jamoalari uchrashdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida Asaka tumani g‘olib bo‘lib, musobaqani 3-o‘rin bilan yakunladi. 

Qizlar o‘rtasidagi final bahsda Izboskan tumani jamoasi Ulug‘nor tumani jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Qizlar jamoalari o‘rtasidagi 3-o‘rin uchun bahsda Qo‘rg‘ontepa va Baliqchi tumanlari jamoalari kuch sinashdi. Qiziqarli va shiddatli o‘tgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida qo‘rg‘ontepalik qizlar ustun kelib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi