Buxoroda futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Jondor tumanining “Nurafshon” va Peshku tumanining “Qoraqalpoq” mahallalari yoshlari o‘zaro bahslashdi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Peshku tumanining “Qoraqalpoq” mahallasi yoshlari jamoasi 6:3 hisobida g‘olib bo‘ldi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning aprel-iyun oylari davomida mini futbol va futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining mahalla, tuman (shahar) va viloyat bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi.
[gallery-24104]
Tadbir doirasida mini futbol va futbol musobaqalarining qizlar hamda yigitlar jamoalari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi. Ularga diplom, medallar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, futbol va mini futbol bo‘yicha “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘purar” va “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyalari g‘oliblari ham taqdirlandi. Shuningdek, musobaqalarni tashkil etishdagi jonbozligi uchun hamkor tashkilotlarga maxsus sovrinlar topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi B.Zaripov ishtirok etdi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.