Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Farg‘ona viloyatida chorvachilikka ixtisoslashgan 357 fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016-yil va joriy yilning o‘tgan davrida naslchilik toifasidagi xo‘jaliklarda 80 loyiha amalga oshirildi. Davlatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligining ushbu tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibordan foydalanib, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etgan tadbirkorlar elimiz dasturxonini sifatli go‘sht, sut mahsulotlari bilan ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Viloyatda ishlab chiqilgan chorvachilikni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi mollarning ko‘payishi, naslining yaxshilanishi va mahsulot yetishtirish hajmining oshishida muhim omil bo‘layotir.

Quvalik tadbirkor Isoqjon Nasriddinov 2008-yilda “Safiya Sulton” qoramolchilik, parrandachilik, quyonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga asos soldi. Germaniyadan keltirilgan 72 bosh qoramol 520 boshdan oshdi.

Aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklariga qoramol yetkazib berish bo‘yicha tumanda peshqadamlardan bo‘lgan fermer qoramolchilikni yanada rivojlantirish maqsadida Gollandiya, Germaniya va Ukrainada malaka oshirib qaytdi. Ayni paytda tumanning M.Rahmatov-MTP hududidagi bo‘sh maydonga 700 bosh qoramolga mo‘ljallangan zamonaviy bino qurmoqda. Bu yerda Germaniyadan 60 bosh zotli qoramol, 500 bosh sog‘in sigir, 600 bosh echki keltirilishi rejalashtirilgan.

Fermer xo‘jaligida sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha laboratoriya ham tashkil etilmoqda. Korpuslarda avtomatik tizim joriy qilinadi. Buning uchun 350 ming dollarlik biogaz uskunasi sotib olindi. Mazkur loyiha 150 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Xo‘jalik qoshida veterinar xizmati bo‘yicha o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 60 nafar kollej o‘quvchisi sohaga doir nazariy bilimini mustahkamlab, amaliy mashg‘ulotlarda ham qatnashmoqda.

– Prezidentimiz rahnamoligida chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, mazkur soha bank kreditlari ajratish orqali qo‘llab-quvvatlanayotgani, ozuqa, yonilg‘i bilan ta’minlash, soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlar biz, fermerlarga katta imkoniyat yaratmoqda, – deydi I.Nasriddinov. – Bunday imkoniyatdan samarali foydalanib, nasldor mollarni ko‘paytirmoqdamiz. Ular nisbatan mahsuldor bo‘lib, tez yetiladi. Shu bois zotli mol boqishning iqtisodiy samaradorligi yuqori.

Farg‘ona tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Volida” fermer xo‘jaligi ham yildan-yilga rivojlanmoqda. Xo‘jalikka Germaniyadan 450 bosh qoramol keltirilgan. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ishlab turibdi. Korxona kuniga 5 tonna sutni qayta ishlash quvvatiga ega. Mahsulotlar asosan tumandagi va Farg‘ona shahridagi shifoxona, ta’lim muassasalariga yetkazib beriladi.

Chorvachilik rivoji qishloqda bozor infratuzilmasini taraqqiy ettirish, sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ham kengaytirmoqda. Qishloqlarda chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari ko‘paymoqda. Aholiga sut, go‘sht mahsulotlari yetkazib berishga salmoqli hissa qo‘shayotgan ushbu korxonalarda asosan qishloq aholisi, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, xotin-qizlar mehnat qilayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘sht va sut mahsulotlari ko‘paymoqda