Global tahdidlar şaroitida madaniy meros muhofazasi: Özbekistonning xalqaro taşabbusi
Bugungi globallaşuv va iqlim özgarişi şaroitida madaniy merosni asraş xalqaro hamjamiyat oldidagi dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Tarixiy yodgorliklarga şaharlarning jadal kengayişi va ekologik özgarişlar taʼsir körsatayotgan bir paytda, ularni muhofaza qilişning samarali mexanizmlarini işlab çiqiş zarurati ortmoqda.
Parijda bölib ötgan YUNESKO Ijroiya kengaşining 225 sessiyasida Özbekiston taşabbusi asosidagi qaror loyihasining bir ovozdan maʼqullanişi esa ana şu masalalarga qaratilgan xalqaro hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratdi.
“Globallaşuv va iqlim özgarişi şaroitida madaniy merosni saqlaş çoralari samaradorligini oşiriş”ga bağişlangan taşabbus davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 30-oktabrda Samarqandda ötkazilgan YUNESKO Boş konferensiyasining 43 sessiyasi oçilişida ilgari surilgan edi.
Taşabbusning asosiy maqsadi moddiy va nomoddiy madaniy merosni zamonaviy tahdidlardan himoya qiliş, xavflarni oldindan baholaş hamda davlatlar, xalqaro taşkilotlar va ilmiy muassasalar örtasidagi hamkorlikni kuçaytirişdan iborat.
- Taşabbusning dolzarbligi şundaki, madaniy merosni muhofaza qiliş endi faqat yodgorliklarni restavratsiya qiliş bilan çeklanmaydi, - deydi siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori Maʼmuraxon Asrorxöjayeva. - Harorat va namlikning özgarişi qadimiy quriliş materiallariga, urbanizatsiya tarixiy şaharlar qiyofasiga, globallaşuv esa mahalliy anʼana va hunarmandçilik maktablarining davomiyligiga taʼsir körsatmoqda.
Bunday şaroitda ilmiy monitoring, raqamli hujjatlaştiriş va mahalliy mutahassislar iştirokini kuçaytiriş muhofaza işlarining muhim tarkibiy qismlariga aylanişi mumkin. Özbekiston ilgari surgan taklifning xalqaro qöllab-quvvatlanişi ham eʼtiborga molik. Qaror loyihasiga Osiyo, Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hammuallif sifatida qöşilgan.
Ular orasida Xitoy, Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston va boşqa mamlakatlar bor. Pokistonning “Associated Press of Pakistan” axborot agentligi, Buyuk Britaniyaning “The London Post” hamda Vengriyaning “Origo” naşrlari ham uşbu voqeani keng yoritdi. Bu madaniy merosni asraş masalasi turli mintaqalar uçun ham birdek zarurat ekanini körsatadi.

Qaror bilan boğliq amaliy rejalardan biri – 2027-yilda Xiva şahrida YUNESKO bilan hamkorlikda xalqaro simpozium ötkaziş taklifining maʼqullanganidir. Unda iqlim xavflarini kamaytiriş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, anʼanaviy bilimlarni saqlaş va mutaxassislar salohiyatini oşiriş masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilmoqda. Anjuman yakunida madaniy merosni muhofaza qiliş va boşqariş usullarini takomillaştiriş böyiça amaliy tavsiyalar işlab çiqiş közda tutilgan.
M.Asrorxöjayeva sözlariga köra, Özbekiston uçun mazkur jarayon xalqaro madaniy hamkorlikni milliy tajriba bilan boğlaş imkoniyatini beradi. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy şaharlarda merosni asraş, turizmni rivojlantiriş va zamonaviy şaharsozlik ehtiyojlarini muvofiqlaştiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Xalqaro ilmiy tajriba va zamonaviy muhofaza usullaridan foydalaniş uşbu yönalişdagi işlar samaradorligini oşirişga xizmat qilişi mumkin.
Şu maʼnoda, Samarqandda ilgari surilgan taşabbusning Parijda qöllab-quvvatlanişi, Xivada esa uning amaliy jihatlarini muhokama qiliş rejalaştirilgani özaro boğliq jarayondir.
Endi asosiy vazifa - xalqaro kelişuvlarni aniq tavsiyalar va milliy muhofaza amaliyotidagi natijalar bilan mustahkamlaş zarur. Binobarin, madaniy merosni asraşning eng muhim mezoni – tarixiy yodgorliklar va anʼanalarni kelgusi avlodlarga tölaqonli yetkazişdan iborat.
Gözal Sattorova, ÖzA